«avtobus ishtirokidagi yth» tegli maqolalar


Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti
13 fevral 2025, 15:05

Samarqanddagi avtobus halokatida 22 ayol jarohatlandi, davlat idoralari to‘liq ma’lumot bermayapti

Jomboyda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darilishi oqibatida 22 nafar ayol jabrlandi, deya xabar berdi Milliy telekanali. Biroq bir kun oldin YHXB bu ma’lumotni yashirib, faqat bir kishi halok bo‘lganini ta’kidlagan. Shifoxona marhum ayol kishi bo‘lganini bildirdi. FVV hodisa bo‘yicha munosabat bildirmadi.

Samarqandda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darildi, bir kishi vafot etdi
12 fevral 2025, 12:28

Samarqandda avtobus Cobalt bilan to‘qnashib ag‘darildi, bir kishi vafot etdi

Jomboy tumanida ichida yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus Cobalt bilan to‘qnashdi. Holat avtobus haydovchisining tezlikni me’yoridan oshirgani va tormozni keskin bosgani sabab sodir bo‘lgan. YTH oqibatda bir kishi shifoxonada vafot etdi.

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
29 yanvar 2025, 09:32

Toshkentda avtobus yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi

Mirobod tumanida avtobus haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lni ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi. YTH oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q.

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ayolni urib yubordi
18 dekabr 2024, 17:53

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ayolni urib yubordi

Samarqandda “Umr tezlikdan muhim” shiori tushirilgan avtobus ko‘chani kesib o‘tayotgan 35 yoshli ayolni urib yubordi. Oqibatda ayol voqea joyida halok bo‘ldi.

Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi
19 noyabr 2024, 16:06

Toshkentda Lacetti avtobus bilan to‘qnashdi, bir kishi jarohatlandi

Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili 171-sonli avtobus bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida mashinada bo‘lgan yo‘lovchi shifoxonaga olib ketilgan, avtobusda bo‘lgan 3 nafar yo‘lovchiga jarohat yetmagan.

Samarqandda avtobus traktor tirkamasiga urildi. Avtobus yo‘lovchisi jarohatlandi
31 oktabr 2024, 11:12

Samarqandda avtobus traktor tirkamasiga urildi. Avtobus yo‘lovchisi jarohatlandi

Narpay tumanida Yutong avtobusi qayrilib olayotgan traktorning tirkamasiga borib urildi. Hodisadan so‘ng avtobusning bir yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda ikkita Yutong avtobusi to‘qnashdi
25 sentabr 2024, 14:42

Toshkentda ikkita Yutong avtobusi to‘qnashdi

Yangihayot tumanida 117- va 55-sonli yo‘nalish avtobuslari ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, avtobuslar texnik shikastlangan.

Toshkentda avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, 3 kishi jabrlandi
24 sentabr 2024, 17:32

Toshkentda avtobus ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, 3 kishi jabrlandi

Olmazor tumanida Cobalt, Tracker va “garmoshka”li avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH oqibatida 3 kishi jarohat oldi. Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisa Cobalt haydovchisi aybi bilan kelib chiqqan.

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi
18 iyul 2024, 10:05

Samarqandda Isuzu avtobusi urib yuborgan piyoda vafot etdi

Kattaqo‘rg‘on tumanida Isuzu yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Jabrlanuvchi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etdi.

Sirdaryoda yuk mashinasi yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi
1 iyul 2024, 11:36

Sirdaryoda yuk mashinasi yo‘lovchilari bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi ichida 14 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan avtobus bilan to‘qnashdi. Oqibatda avtobus ag‘anadi, bir kishi jarohatlandi.

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi
28 iyun 2024, 22:35

Sirdaryoda yuk avtomobili va avtobus to‘qnashuvida yo‘lovchi jarohatlandi

Sirdaryo tumanida Isuzu yuk mashinasi yo‘lovchi avtobusining orqa qismiga urildi. Oqibatda avtobus ichidagi yo‘lovchilardan biri jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashdi, 4 kishi jabrlandi
14 iyun 2024, 19:29

Toshkentda ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashdi, 4 kishi jabrlandi

Toshkentda 131 va 58-yo‘nalishdagi ikkita “garmoshka” avtobus to‘qnashuvi oqibatida to‘rt kishi jabrlandi. YTH sababi — oraliq masofani saqlamaslik.

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi
29 may 2024, 22:22

Toshkentda avtobus va teplovoz to‘qnashdi

Toshkent shahri Sergeli tumanida King Long avtobusi teplovoz bilan to‘qnashdi. Hodisada jarohatlanganlar yo‘q. YTHga temiryo‘l kesishmasining nazoratchi xodimi voqea joyida bo‘lmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi
16 may 2024, 00:38

Toshkentda ikkita avtobus to‘qnashdi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida MAN va Yutong avtobuslari to‘qnashdi. YTHda jarohat olganlar yo‘q, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi
16 aprel 2024, 09:28

Jizzaxda yo‘lovchi avtobus ariqqa tushib ketdi

Sharof Rashidov tumanida yo‘lovchi tashuvchi avtobus ariqqa tushib ketdi. Avtobusda yo‘lovchilar bo‘lmagan, haydovchiga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi
13 aprel 2024, 11:32

Jizzaxda avtobus va yuk mashinasi ishtirokidagi YTHda 2 kishi halok bo‘ldi, 4 kishi jarohatlandi

Jizzaxda Yutong avtobusi Howo yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda ikki kishi voqea joyida halok bo‘ldi, to‘rt kishi, jumladan, Fransiya fuqarosi jarohatlandi.

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida
27 mart 2024, 10:10

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida

Buxoro viloyati teatriga ketayotib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari avtobus haydovchisidan tezlikni oshirmaslikni bir necha bor so‘ragan. YTH oqibatida bir o‘quvchi voqea joyida, bir qiz esa shifoxonada vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalar nima bo‘lganini eslarkan, kuchli stressni boshdan kechirgan.

Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura
19 mart 2024, 21:05

Buxoroda mansabdor shaxslar bolalarni tashishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan — Bosh prokuratura

Buxoro viloyatida mansabdor shaxslar bolalarni avtobusda tashish va hamrohlik qilishni tashkil etish qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan, deb xabar qildi Bosh prokuratura. Holat yuzasidan “Mansabga sovuqqonlik bilan qarash” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. YTHda ikki o‘quvchi va haydovchi halok bo‘lgandi.

Kogonda avtobus ishtirokidagi YTHda jarohat olgan yana bir maktab o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi
19 mart 2024, 20:24

Kogonda avtobus ishtirokidagi YTHda jarohat olgan yana bir maktab o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi

Buxoro viloyati Kogon tumanida yuk mashinasi va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan yana bir o‘quvchi vafot etdi. Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari shifoxonaga borib, o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Buxoroda ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, bir o‘quvchi vafot etdi
18 mart 2024, 15:13

Buxoroda ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus halokatga uchradi, bir o‘quvchi vafot etdi

Kogon tumanida ichida o‘quvchilari bo‘lgan avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda bir o‘quvchi vafot etdi, bir kishi shifoxonaga yotqizildi, yana 25 kishi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmoqda. O‘quvchilar avtobusda teatrga olib ketilayotgan bo‘lgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting